Xiaomi bosh direktori Ley Jun Weibo’dagi sahifasida Xiaomi 13 smartfon liniyasining eng mashhur ranglari haqida gapirdi.
Bu safar ishlab chiqaruvchi xaridorlarga beshta rang, jumladan poyga avtomobillaridan ilhomlangan juda yorqin ranglarni taklif qildi. Ley Jun eng ko'p sotiladigan variant kulrang ekanligini aytdi. Ikkinchi o'rinni qizil smartfon egalladi.

Xiaomi 13 rangli smartfonlari Xitoyda 12 GB operativr va 512 GИ flesh-xotiraga ega versiyada taxminan 720 dollarga taklif qilinmoqda. Xiaomi 13, 6,36 dyuymli OLED tekis ekranga ega, Snapdragon 8 Gen 2 bir chipli tizimiga ega hamda LPDDR5X operativ xotirasi va UFS 4.0 flesh-xotirasini oldi. Qurilmaning qalinligi atigi 7,98 mm, vazni – 189 g. Xiaomi 13 1/1,49 dyuymli optik formatga ega 54 megapikselli Sony IMX800 tasvir sensori va HyperOIS optik tasvirni barqarorlashtirish texnologiyasi bilan jihozlangan.
Avvalroq Xiaomi Xiaomi 13 yil boshida Xitoydan tashqarida ham chiqarilishini allaqachon tasdiqlagan edi.