Ovozli tinglash

Ukraina Raqamli Transformatsiya vaziri Mixailo Fedorov Polsha Starlink kosmik aloqa tizimi uchun 5000 ta stantsiyani Ukrainaga topshirganini ma'lum qildi.

“Polshalik do‘stlarimiz Ukrainaga 5000 ta Starlink sovg‘a qilishdi. Bunday muhim qadam uchun Polshani raqamlashtirish bo‘yicha davlat kotibi Yanush Syezinskiyga rahmat”, — deb yozdi Mixail Fedorov o‘zining Telegram-kanalida.

Starlink

Vazirning soʻzlariga koʻra, bu stansiyalarning yetkazib berilishi ukrainaliklarga doimo aloqada boʻlishga, muhim infratuzilma obʼyektlarining eng ogʻir sharoitlarda ishlashiga yordam beradi. Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni SpaceX rahbari Ilon Mask Ukrainaga o‘zining sun’iy yo‘ldosh internet tizimiga kirishni ochganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, Starlink terminallarini SpaceX’ning o‘zidan mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish tashkil etildi.