Samsung Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlar - Galaxy S22, Galaxy S22 Plus va Galaxy S22 Ultra uchun 2025-yil noyabr oyidagi xavfsizlik yangilanishini tarqatishni boshladi. Galaxy S25, Galaxy S24 va Galaxy S23 smartfonlari ham xuddi shunday ko‘rinishga ega bo‘lgach, navbat uch yil avvalgi flagmanlarga yetib keldi.

Noyabr oyidagi tuzatish doirasida kompaniya tizimning avvalgi versiyasida aniqlangan 25 ta zaiflikni bartaraf etdi. Yangilanish hozirda barcha uchta modelning xalqaro versiyalari uchun mavjud va S90xEXXSCGYK2 mikrodastur raqami ostida tarqatilmoqda. Yaqin kunlarda Samsung boshqa hududlar uchun ham appdeyt chiqaradi.
Galaxy S22 seriyasi, shuningdek, Samsung brend qobig‘ining navbatdagi versiyasi - One UI 8.5’ni oladigan qurilmalar ro‘yxatiga kiritilgan.