VK rahbari Vladimir Kiriyenko Max messenjeri auditoriyasi sezilarli darajada o‘sganini ma’lum qildi - joriy yilning iyun oyida 100-200 ming kishidan hozirgi kunga kelib 25 million kishiga yetdi.
"Yozda ishga tushirilgandan beri biz muntazam ravishda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar sonini oshirib kelmoqdamiz. Shu hafta boshida bu ko‘rsatkich 35 mln kishidan oshdi," - dedi top-menejer. Shunday qilib, hozirda Max auditoriyasi Rossiya aholisining taxminan 25 foizini tashkil etadi (Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar holatiga 146,03 million kishi).
Eslatib o‘tamiz, Max - VK’ning raqamli platformasi bo‘lib, unga messenjer va bir qator foydalanuvchi xizmatlari o‘rnatilgan. Masalan, avgust oyi oxirida Max’ga "Davlat kaliti" mobil elektron imzo texnologiyasi integratsiya qilindi.
Ilova Rossiya dasturiy ta’minoti reyestriga kiritilgan va 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Max Rossiyada sotiladigan barcha smartfon va planshetlarga oldindan o‘rnatilishi kerak.